Nashr qilingan sana: 16 May 2026
Xadicha Sulaymonova hamda G'afur G'ulom hayoti va sermazmun ijodini chuqur o‘rganish, ularning bebaho adabiy merosini keng targ‘ib qilish hamda yoshlar qalbida kitobxonlik va ma’naviyatga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish maqsadida ma’rifiy tadbir tashkil etilmoqda.
📌Tadbir maqsadi:
✨Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
✨Adiblar merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish
✨ Vatanparvarlik, insonparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish
✨ Iqtidorli va bilimdon yoshlarni aniqlash hamda rag‘batlantirish
📌 Tadbir shakli:
📖"Afandi olmaydigan boʼldi" "Sodiq" hikoyalari va Xadicha Sulaymonovaning hayoti va ijodi asosida tuziladi.
Ishtirok etish tartibi: 3-4 kishidan iborat jamoa tuzilishi lozim.
📍 O‘tkazilish joyi:
Adiblar xiyoboni
🗓 Sana va vaqt:
Shanba kuni, soat 11:30
➡️Barcha adabiyot ixlosmandlari, o‘quvchi-yoshlar va ustozlarni ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etamiz!
🎉 G'olib bo'lgan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
Roʼyxatdan oʼtish uchun @Azamatovna0523 murojaat qiling.