Muallifning Maqolalari

Adolat va ilm yo'lida tutashgan umr - Xadicha Sulaymonova

Central Asian journal of Multidisciplinary research and management studies | March 31, 2026

Yuklab olish

AKADEMIK OLIMA – XADICHA SULAYMONOVA ILK O‘ZBEK HUQUQSHUNOS AYOLI

"Tadqiqotlar" jahon ilmiy - metodik jurnali | March 13, 2026

Yuklab olish

ILK O'ZBEK HUQUQSHUNOS AYOLI XADICHA SULAYMONOVA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences | Jan. 13, 2026

Yuklab olish

Xadicha Sulaymonova - huquqshunos, olima, davlat arbobi

"Pedagogs" nternational research journal | Oct. 16, 2025

Yuklab olish

Xadicha Sulaymonova - unutilmas siymo

"Pedagogs" nternational research journal | Oct. 3, 2025

Yuklab olish

KHADICHA SULAYMONOVA –THE FIRST UZBEKISTAN LEGAL SCIENTIST

Journal of social research in Uzbekistan | July 27, 2025

Yuklab olish

Xadicha Sulaymonova Sulaymonovna - adolat ramzi

Journal of universal science research | Nov. 12, 2024

Yuklab olish

Xadicha Sulaymonova: influential figure in the legal landscape of Uzbekistan

Ilm-fan xabarnomasi jurnali | April 29, 2024

Yuklab olish

HUQUQIY DAVLAT BARPO ETISHDAGI MUNOSIB HARAKATLAR

INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH | April 29, 2023

Yuklab olish

Muallif haqida

Xakimxo‘jayeva Sevdo Kamol qizi

Xakimxo‘jayeva Sevdo Kamol qizi 2006-yil 27-dekabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Xakimxo‘jayeva Sevdo 2022-yil Prezident agentligi huzuridagi iqtisoslashtirilgan maktabga, 2024-yilda esa Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga qabul qilindi. Universitetda o‘quv yili davomida ilmga mehr qo‘yib, faol talabalar safidan joy oldi. O‘z ilmiy faoliyati davomida xorijiy va respublikaning nufuzli jurnallarida ilmiy va ommabop maqolalarini nashr ettirdi. Jumladan, “Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences” jurnalida “Ilk huquqshunos o‘zbek ayoli – Xadicha Sulaymonova” nomli ilmiy maqolasi, “Ilm-fan xabarnomasi” xalqaro, ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy onlayn jurnalida “O‘zbekistonda legal tech sohasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish” nomli maqolasi, “International journal of multidisciplinary research” xorijiy-ilmiy London konferensiyasi to‘plamida “The Jurisprudential landmark: analyzing the scholarly contributions of Khadicha Sulaymonova” nomli ingliz tilidagi ilmiy maqolasi, “Modern education and development” xorijiy ilmiy-amaliy jurnali “Demokratik saylovlar va konstitutsiyaviy islohotlar: milliy saylov tizimining xalqaro standartlarga mosligi”, nomli ilmiy maqolasi, “Law policy and society – huquq, siyosat va jamiyat” ilmiy-tahliliy jurnalida “Virtual sud majlislarining protsessual muammolari” nomli ilmiy maqolasi, “Social science and education – ijtimoiy soha va ta’lim” nomli xorijiy-amaliy konferensiyasida “O‘zbek huquqshunos ayollari tarixida ilk qadam: Xadicha Sulaymonovaning ilmiy va ijtimoiy faoliyati” nomli maqolasi, Respublikaning “Ona tili va adabiyot” ilmiy jurnalida “Akademik olima – Xadicha Sulaymonova Ilk o‘zbek huquqshunos ayol timsoli” nomli ilmiy maqolasi, “International journal of scientific researchers” konferensiya to‘plamida “Jinoyatda ishtirokchilik va uning turlarining nazariy-huquqiy tahlili” nomli ilmiy maqolasi chop etildi.

Shu bilan bir qatorda, ommabop-huquqiy mavzularda respublikamizning eng nufuzli huquqiy nashryotlaridan biri “Inson va qonun” gazetasida “Nazariya – amaliyot – natija”, “Sun’iy intellekt orqali sodir etilgan huquqbzarlik javobgarlikka sabab bo‘ladi” nomli huquqiy ommabop maqolalari nashr ettirilgan. Bundan tashqari, “Yulduz yog‘dusi” nashryotida “Xadicha Sulaymonova – adolat va ilm yo‘lida porlagan siymo”, “ Xadicha sulaymonova qarashlarida adolat va qonun ustuvorligi” nomli ommabop maqolalari, “Adabiyot olami” gazetasida “Xadicha Sulaymonova – ilmga bag‘ishlangan umr yo‘li” nomli maqolasi, “Toshkent haqiqati” gazetasida “Omborxonada o‘tgan sud… yohud Xadicha Sulaymonova qarorlariga nazar”, “Ezgulik” gazetasida “O‘zbek huquqshunos ayollarining yorqin timsoli”, “Yangi O‘zbekiston” nashrida “Adolatni tanlagan ayol taqdiri” kabi ommabop maqolalari nashr etilgan.

Shuningdek, huquqiy mavzulardan “Yulduz” gazetasida “Ijtimoiy ta’tilning har yilgi mehnat ta’tilidan farqi nimada?” , “Kasblar shaharchalari tashkil etiladi” nomli maqolalari, “Ma’rifat” gazetasida “Yuridik ta’lim tizimida o‘zgarishlar qanday kechmoqda?”, “Ulug‘ yo‘l” gazetasida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga dars soati kam berilishi to‘g‘rimi?” nomli hamda “Ikkinchi imkoniyat: xato qilgan yoshlarga yangi yo‘l bor” nomli maqolalari nashr etilgan. “Adolat va Huquq” gazetasida “Sud tizimidagi eng muhim o‘zgarishlardan xabardormisiz?” nomli, “Muzrobod” gazetasida “Endi yotoqxona puli davlat tomonidan to‘lanadimi?”, nomli maqolasi, “Yangi qonun: Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida. Sohadagi munosabatlar tartibga solindi” nomli maqolalari, “Jamiyat” gazetasida “Ekologik ta’lim,ilm-fan va targ‘ibot jadalllashtiriladi. “Yaxshil” texnikumlarda ekostipendiya ta’sis etilmoqda” nomli huquqiy maqolasi, “Mushtum” gazetasida “Ism-familyangizni o‘zgartirmoqchimisiz?”, “Muhofaza” gazetasida “Atrof-muhit muhofazasidagi yangi islohotlar” nomli maqolasi, “Zarafshon” gazetasida “MCHJlar haqidagi qonun yangilandi… Tadbirkorlarga qanday yengilliklar bor?” nomli maqolasi, “Mahalla” gazetasida “Oila qurish shoshqoloqlikni emas, tayyorgarlikni talab qiladi”, “Jamiyat” gazetasida “Tabiatni ardoqlaganda imtiyozlar” kabi va boshqa mavzularda huquqiy ommabop maqolalari muntazam nashr ettiriladi.

S. Xakimxo‘jayeva o‘quv yili davomida ko‘plab ko‘rik-tanlov va musobaqalarda muntazam ishtirok etib keladi. Jumladan, 2025-yil Yoshlar ishlari agentligi hamda “VERUM LAW” advokatlik firmasi tomonidan Toshkent viloyati Nurafshon tumanida o‘tkazilgan “Yoshlar va qonun” Respublika huquqiy tanlovi viloyat bosqichi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yoshlar ishlari agentligi oromgohida o‘tkazilgan “YOSHLAR VA QONUN” huquqiy tanlovining Respublika bosqichi 3-o‘rin sohibasi bo‘ldi. 2026-yil “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining tuman bosqichida faol ishtirok etdi. 2026-yil 21-yanvarda “Global Vibe” xalqaro forumda “The best PR meneger” nominatsiyasiga ega bo‘ldi. 2026-yil 4-aprelda Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida saylda “Shaydo” raqs ansamblida faol ishtirok etdi. TDYU fakultetlari o‘rtasida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda, jumladan “Eng yaxshi dasturxon bezash” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni, “Milliy taom – osh pishirish” bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Gafur Gulom stipendiyantlari bellashuvi” nomli universitet tanlovida ishtirok etdi. 4-aprel Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida universitetlararo “Zakovat” turniri faol ishtirokchi nominatsiyasi sohibi, Ommaviy huquq fakulteti tomonidan “Tyutor bilan bir kitob” nomli kitobxonlik bo‘yicha tanlovda 2-o‘rin sohibi bo‘ldi. “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” nomli maqolalar tanlovi universitet bosqichi 2-o‘rinni egalladi. 2025-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining eng nufuzli nashryotlaridan biri “Saodat jurnali”ning 100 yilligi munosabati bilan Yoshlar ijod saroyida oʻtkazilgan respublika forumida, “Qomus” intellektual klubi va Qarshi xalqaro universiteti oʻrtasida memorandumda, “Yangi O‘zbekiston yoshlari - kelajak bunyodkorlari” shiori ostida prokuror va yoshlar seminarida, “Prezident Olimpiyadasi” Yangi O‘zbekiston bog‘i davlatimiz rahbari bilan uchrashuvda, Amerikalik professor ustozning “Protection of Human Rights in International Law” o‘quv-treningida faol ishtirok etdi. “G‘afur G‘ulom – millat faxr” nomli tanlovida 3-o‘rin, “Talabalar ligasi” doirasida o‘tkazilgan voleyboll o‘yinida 1-o‘rin, “Rektor kubogi” tanlovida sportning voleybol turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rin, “BESH TASHABBUS OLIMPIYADASI” Sportning voleybol turi bo‘yicha universitet bosqichi faxrli 3-o‘rin “Talabalar festivali” doirasida “Qomus” tanlovida 2-o‘rin, “Talabalar festivali” doirasida o‘tkazilgan “Model United Nations: TSUL MUN loyihasi faol ishtirokchisi nominatsiyasi, “Zukko yurist” loyihasida ishtiroki, Shuhrat fayzieyvning 60 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan konferensiyada “Ekologik muammolarning huquqiy oldini olishning innovatsion yechimlari” mavzusida maqolalar tanlovi g‘olibi, TSUL COURT” final bosqichi 4-o‘rin, “Bir asrning ikki dahosi”shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda “Shaydo” raqs ansambli bilan ishtiroki, “Har kuningiz e’tibor va e’zozga to‘la”8-mart bayrami munosabati bilan tadbir kechasidagi faol ishtiroki, “Huquq yo‘lida munavvar hayot” nomli tanlov g‘olibi bo‘ldi. 2025-yil 21-oktabr “Til – millat ko‘zgusi” nomli tanlov universitet bosqichida 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

S. Xakimxo‘jayeva Yoshlar ishlari agentligining “YOSHLAR FRONT-OFISI” loyihasi volyontyori, “TSUL ART”, “HUQUQ PLUS”, “SHAROIT PLUS” nogironligi bor shaxslarni himoya qilish klublari volontyori, “QOMUS” intellektual klubi koordinatori, “TSUL ROOM” loyihasi, “XADICHA SULAYMONOVA VORISLARI” klubida bosh koordinatori, “TSUL ECO MOOT COURT” volyontyori, TSUL MUN koordinatori hamda TDYU yoshlar akademiyasi a’zosi bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.

S. Xakimxo‘jayeva ilmiy faoliyati davomida Xadicha Sulaymonova xotirasiga bag‘ishlab “ABADIYATGA MUHRLANGAN MEROS” nomli risolasi chop etildi.