Xadicha Sulaymonova vorislari klubining ochilishi tadbiri

Nashr qilingan sana: 16 May 2026

Xadicha Sulaymonova vorislari klubining ochilishi tadbiri

#marosim #tanlov
#Xadicha_Sulaymonova_klubi

📣Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti talabasi Xakimxoʻjayeva Sevdo tomonidan ilk oʻzbek huquqshunos ayoli Xadicha Sulaymonova xotirasiga bagʻishlangan "Xadicha Sulaymonova nomidagi Talaba-sudyalar klubi" ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi.

⚡️Tadbirga TDYU Xotin-qizlar Kengashi raisi Xaydarova Umida Pulatovna hamda "Xadicha Sulaymonova stipendiyasi sohibasi" Visola Toʻlqinova tashrifi bilan talabalar oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi.

⚡️Ilk bor klub faoliyati doirasida "Huquqshunos yoʻliga bir nazar" nomli tanlov tashkil etildi.

Xadicha Sulaymonova huquqshunoslik sohasida kechagi, bugungi va ertangi kunimizning porloq timsolidir.
Bizni kuzatishda davom eting.

Rasmiy kanal: 👉https://t.me/xadichasulaymonova_klubi

Ortga qaytish